Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Umra tadbirini reklama qilishda qonunbuzarliklar aniqlandi

Umra tadbirini reklama qilishda qonunbuzarliklar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan OAV va internetda joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqligi o‘rganildi.

🖥 Tekshiruvlar davomida ayrim turoperatorlar “Umra” tadbirini lisenziya hujjatlarisiz reklama qilgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, Surxondaryo viloyati va Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmalari tomonidan “Sharofiddin Travel” hamda “Fayz Tour Travel” MCHJlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

📱 Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi 12 ta("Marmaristour.uz", "rozumbetovjurabek", " uzmobile_aviakassa", "Samarqanddan Umra ziyorati" Instagram sahifasi, "Umra Ziyorati", "Fazliddin Umra jamiyati", "Muborak safar", "Qo'qimboyliklar", "Saudiyaga sayohat", "Umra rasmiy", "Aviakassa721", "Nursafar") Telegram va Instagram sahifalari ma’murlari ham qonun talablarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Qo‘mita qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 17:08. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!