“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga
qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (6-son, 09.01.2025 y.) qabul qilindi.
💸 Qarorga ko‘ra, 2026 yil yakunigacha Turizm qo‘mitasi tomonidan Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi (Dastur) asosida sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun 100 AQSh dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.
✅ 2026 yil 15 yanvardan:
🔹 Malayziya va Indoneziyada Dastur bo‘yicha kuchaytirilgan targ‘ibot kampaniyasi amalga oshiriladi;
🔹 turoperator (turagent)lar tomonidan Milliy turizm yagona platformasi orqali Dastur bo‘yicha shakllantirilgan turistik dasturining onlayn sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
🏛 Dasturni amalga oshirish uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o‘quv-amaliyot laboratoriyasi tashkil etiladi.
📝 O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Malayziya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.