Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Amerikaliklarning qariyb yarmi AQShning Erondagi harbiy amaliyotidan norozi

Amerikaliklarning qariyb yarmi AQShning Erondagi harbiy amaliyotidan norozi

Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning atigi 27 foizi Eronga zarbalarni ma’qullagan, 43 foizi bunga qarshiligini aytgan. Respondentlarning 30 foizi mazkur masala bo‘yicha aniq pozisiya bildirmagan.

Bundan tashqari amerikaliklarning 56 foizi “prezident Tramp tashqi siyosatda harbiy kuchdan foydalanishga haddan tashqari moyil”, deb hisoblaydi. Demokratlar orasida bu ko‘rsatkich 87 foizga yetgan bo‘lsa, respublikachilarning 23 foizi shunday fikrda.

So‘rovnomada ishtirok etgan respublikachilarning 42 foizi agar Yaqin Sharqda amerikalik harbiylar halok bo‘lsa yoki yaralansa, bu kampaniyani qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.

"Neft narxining oshishi ham jamoatchilik fikriga ta’sir qiladi: respondentlarning 45 foizi yoqilg‘i narxi qimmatlasa, fikrini qayta ko‘rib chiqishini aytgan", deya yozmoqda Reuters.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!