Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Umra lisenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi

Umra lisenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi

Ayni vaqtda O‘zbekistonda Umra ziyoratini tashkil qilish uchun lisenziya berilgan turfirmalar soni 14 taga etdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 15 may kuni Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi lisenziya berish bo‘yicha tanlov natijalariga ko‘ra yana 2 ta tur firmaga lisenziya berdi.

Xususan, tanlov komissiyasi Toshkent shahrida joylashgan «Centrum holidays» MCHJ hamda Buxoroda joylashgan «Buxoro umra jamiyati» MCHJlarini tanlov g‘olibi deb topgan.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda Umra ziyoratini tashkil qilish uchun lisenziya berilgan turfirmalar soni 14 taga yetdi (ro‘yxat).

Kiritildi: 20:08 17.05.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!