AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina bilan urushni tugatish bo‘yicha tinchlik niyatlari samimiyligiga shubha bildirdi.
"Hozircha bir savol ochiqligicha qolmoqda: Putin chindan ham tinchlikni istaydimi?" - dedi Vens. U yana qo‘shimcha qilishicha, Rossiya rahbari "mojaroni qanday tugatishni bilmaydi va uning uzoq muddatli strategiyasi yo‘q".
Vens, shuningdek, AQSh Rossiyadan aniq harakatlarni kutayotganini ta’kidladi. "Biz "stol ustida" haqiqiy tinchlik taklifini kutmoqdamiz. Bundan tashqari, prezident Tramp Putinga iqtisodiy imtiyozlar va dunyoning qolgan qismi bilan munosabatlarni tiklashni taklif qilmoqchi," - deya ta’kidladi AQSh vitse-prezidenti muzokaralardagi joriy vaziyatga izoh berar ekan.
Shu bilan birga, Oq uy Trampning Putin bilan telefon suhbati davom etayotganini ma’lum qildi.