Xitoyda 35 million dollardan ortiq mulkni o‘zlashtirgan poraxo‘r amaldor qatl etilishga hukm qilindi.
Xan Yun Shensi provinsiyasining maslahat organlaridan birining qo‘mita raisi lavozimida ishlagan. O‘zining 30 yildan ortiq faoliyati davomida u kompaniyalar va jismoniy shaxslarga biznes yuritish, qurilish loyihalari uchun pudrat olish, kadrlarni tayinlash masalalarida ko‘maklashgan.
Qatldan tashqari (2 yilga kechiktirilgan holda) amaldor, sud qaroriga ko‘ra, "umrbod siyosiy huquqlardan mahrum qilish va shaxsiy mulkini to‘liq musodara qilish"ga hukm qilindi.