Maskatdagi muzokaralar davomida Ummon Hormuz bo‘g‘ozidagi yuk tashishni ikki sektorga bo‘lishni taklif qildi.
Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar bermoqda.
"Ummon suvlari orqali o‘tadigan janubiy yo‘nalish erkin o‘tish imkonini beradi, shimoliy yo‘nalish esa Eron suvlari orqali o‘tadi va Eronning oldindan roziligini talab qiladi, ammo tranzit to‘lovlarini talab qilmaydi", deyiladi xabarda.
Taklif hali ham muzokaralar jarayonida.
Avvalroq Axios manbalarga tayanib xabar bergan ediki, Tehron va Maskat Hormuz bo‘g‘ozining markaziy qismida yuk tashish yo‘lini to‘liq ochish imkoniyatini muhokama qilishgan.