Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Umar Kremlyov Meyvezer - Pakyao revansh jangini tashkil etmoqchi

Umar Kremlyov Meyvezer - Pakyao revansh jangini tashkil etmoqchi

IBA xalqaro boks assosiasiyasi prezidenti Umar Kremlyov ikki afsona - 46 yoshli Menni Pakyao va 48 yoshli Floyd Meyvezer o‘rtasida revansh jangi tashkil etishni taklif qildi.

Kuni kecha Kremlyov va Pakyao Filippin poytaxti Manila shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Unda Pakyaoning o‘zi Meyvezer bilan revansh jangi bo‘yicha muzokaralarni boshlaganini ma’lum qildi. Kremlyov esa agar bokschilar kelishuvga erishsa, ushbu jangni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

"Dunyo hali ham Floyd Meyvezer va Menni Pakyaoni yana bir bor jangda ko‘rishni istaydi - meros uchun. Agar ikkala chempion ham tayyor bo‘lsa, IBA buni amalga oshiradi. Biz Meyvezer - Pakyao jangini ular munosib bo‘lgan hurmat va global qamrov bilan adolatli va shaffof shartlarda tashkil etishga tayyormiz", - dedi Kremlyov.

Kiritildi: 13:50 31.10.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!