Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ultrakonservativ siyosatchi Xose Antonio Kast Chili prezidenti etib saylandi — OAV

Ultrakonservativ siyosatchi Xose Antonio Kast Chili prezidenti etib saylandi — OAV

Xabarlarga ko‘ra, prezidentlik saylovlarining 2-turida Kast taxminan 59 foiz ovoz olgan. Uning asosiy raqibi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri lavozimida ishlagan, Kommunistik partiya a’zosi Janett Xara esa 41,70 foiz saylovchining qo‘lloviga ega bo‘lgan.

Kast saylovoldi kampaniyasida Chilidagi 300 mingdan ortiq noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish, mamlakatning shimoliy chegarasini yangi to‘siqlar bilan mustahkamlash hamda ichki xavfsizlikda armiyaning rolini kengaytirishni va’da qilgan. Shu bilan birga, u dastlabki 18 oy ichida davlat xarajatlarini 6 milliard dollarga qisqartirish, ammo ijtimoiy to‘lovlarga tegmaslik niyatida ekanini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 16:50. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!