Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Ulardan qolishmaymiz”: Amerika yadroviy sinovlar o‘tkazish haqida o‘ylamoqda!

“Ulardan qolishmaymiz”: Amerika yadroviy sinovlar o‘tkazish haqida o‘ylamoqda!

Amerika prezidenti ma’muriyati yana bir yadro sinovini o‘tkazish haqida o‘ylamoqda.

Bu haqda “Washington Post” xabar berdi.

O‘tgan juma kuni ushbu masala milliy xavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan idoralarning yuqori martabali mulozimlari tomonidan muhokama qilingan. Bunga esa Rossiya va Xitoyning kam quvvatli yadro qurollarini sinab ko‘rayotganliklari qo‘shimcha sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikaliklar bu borada aniq bir qarorga kelishmagan. Suhbat davomida bir qator jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Uchrashuvda ishtirok etganlar Xitoy va Rossiyaning tajovuziga javob berishning boshqa usullarini izlashni taklif qilishgan.

“Washington Post” gazetasi spikerining so‘zlariga ko‘ra, sinovlarni o‘tkazish va AQSh kuchlarini namoyish qilish yadroviy raketa qurollarini nazorat qilish borasida muzokaralar olib borish uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 22:36 23.05.2020. O'qildi: 2531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!