Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabar berdi.
"Sumi: 18:00 holatiga ko‘ra , 34 kishi halok bo‘ldi, ulardan 2 nafari bola. 117 kishi, jumladan, 15 bola yaralandi. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Bu butun mamlakat uchun o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotishdir", - deyiladi xabarda.
Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovning ma’lum qilishicha, Sumiga ikkita “Iskander-M/KN-23” ballistik raketalari bilan berilgan zarba Rossiya armiyasining 112 va 448-brigadalari ekipajlari tomonidan amalga oshirilgan.