Ukrainaning Poltava viloyatida turar-joy binosiga berilgan raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar soni yetti kishiga yetdi. Bu haqda 1 fevral, shanba kuni Poltava viloyati ma’muriyati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, 14 kishi, jumladan 3 nafar bola jarohatlangan, 22 kishi qutqarilgan.
Ma’lum qilinishicha, voqea joyida 460 dan ortiq qutqaruvchi, xavfsizlik kuchlari va kommunal xizmat xodimlari va 100 ga yaqin uskunalar ishlamoqda.
Poltava viloyatida 2-4 fevral kunlari qurbonlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.