Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainaning orqasiga pichoq sanchilganmi?

Ukrainaning orqasiga pichoq sanchilganmi?

Evropa Ittifoqining 2025-yilda Ukraina uchun artilleriya snaryadlari xarid qilish uchun 5 milliard yevro ajratishi Fransiya va Italiyaning pozisiyasi tufayli tahdid ostida. Bu haqda Bloomberg yevropalik diplomatlarga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 20-mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Yevropa Ittifoqining 27 davlatining aksariyati tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, biroq Parij va Rim moliyaviy majburiyatlarni olishga shoshilmayapti.

Gap Ukraina armiyasi zudlik bilan zarur bo‘lgan 2 million artilleriya snaryadlarini sotib olish haqida ketmoqda. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Kaja Kallas mablag‘ning kamida bir qismi tasdiqlanishiga umid bildirdi.

"Agar biz butun yil davomida qaror qabul qila olmasak, hech bo‘lmaganda qisqa muddatga qaror qilaylik", dedi u.

Kallas avvalroq 20 dan 40 milliard yevrogacha bo‘lgan, 2025-yil oxirigacha davom etadigan kattaroq yordam paketini taklif qilgan edi. Tashabbus yukni Evropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlashni nazarda tutgan edi, biroq Italiya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya bunga qarshi chiqdi.

Vengriyaning vetosini chetlab o‘tish uchun Kallas "xohlaganlar koalisiyasi"ni - Ukrainaga yakka tartibda qurol yetkazib berishga tayyor davlatlar guruhini yaratishni taklif qildi. Biroq, hatto qisqartirilgan shaklda ham, loyiha qarshilikka duch keldi.

Fransiya vakillari tashabbus maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashlarini aytishgan, biroq ular Ukrainaga yana bir yordam paketini – 18 milliard yevrolik kreditni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berishgan. Italiya diplomatlari Rim qo‘shimcha texnik va moliyaviy ma’lumotlarni so‘raganini tushuntirdi.

Finlyandiya Bosh vaziri Petteri Orpo Kallasning g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va Yevropa Ittifoqidagi kelishmovchiliklardan afsusda ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab davlatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun “etarlicha harakat qilmayapti”.

Kiritildi: 13:25 22.03.2025. O'qildi: 1887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!