Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainaning drondan uyushtirgan hujumi natijasida Volgograddagi neftbazada yong‘in sodir bo‘ldi

Ukrainaning drondan uyushtirgan hujumi natijasida Volgograddagi neftbazada yong‘in sodir bo‘ldi

14 avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning Volgograd shahriga uchuvchisiz samolyotlar hujum qildi va "Lukoyl-Volgogradneftepererabotka" neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda Rossiya Federasiyasining Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov ma’lum qildi.

"Volgograd viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodida hujumdan keyin uchuvchisiz uchuvchi samolyot qoldiqlari qulashi sababli yong‘in va neft mahsulotlarining sizib chiqishi sodir bo‘ldi", — dedi gubernator.

Hujum tufayli Rosaviasiya mahalliy aeroportni vaqtincha yopib qo‘ydi.

"Lukoyl-Volgogradneftepererabotka" zavodi Rossiya Federasiyasining Janubiy Federal okrugidagi eng yirik neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, korxona quvvati 14,8 million tonnani tashkil etadi.

Kiritildi: 10:30 14.08.2025. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!