Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina hududiga Kursk viloyati tomonidan kirdi, deya ma’lum qildi MXXK Dezinformasiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko. Uning aytishicha, Ukrainaga kirib kelgan diversiya-razvedka guruhi allaqachon yo‘q qilingan.
***
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bir soat oldin unga Rossiya Qurolli Kuchlarining 810-brigada harbiy xizmatchilari "Kursk viloyatida Ukraina chegarasini kesib o‘tganligi" haqida xabar berilganini aytdi.
"Menga taxminan bir soat oldin yetkazilgan eng so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, bugun tunda 810-brigada jangchilari Rossiya Federasiyasi va Ukraina o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tib, dushman hududiga kirgan," dedi u Sankt-Peterburgdagi uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarish zavodiga tashrifi paytida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.