Ukrainadagi mojaroning Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqidan bo‘lgan tarafdorlari vahimada. Rossiya prezidentining xorij mamlakatlar bilan investisiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev shunday fikrda.
“Ukrainadagi mojaroning yevropalik va britaniyalik tarafdorlari vahimada”, - deya yozdi Dmitriyev Telegram-kanalida va Amerika rahbari Donald Tramp hamda Vladimir Zelenskiyning bo‘lajak uchrashuviga bag‘ishlangan G‘arb ommaviy axborot vositalarining iqtiboslarini ilova qildi.
“Bild” nashrining yozishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers yoki Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Vashingtonga Zelenskiy bilan hamrohlikda borishi mumkin.