Bu haqda Rheinmetall mudofaa konserni rahbari ma’lum qildi
Armin Papperger bu haqda Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida DW nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Bizning strategiyamiz — Ukrainada uchta zavod qurish, bu urushga bog‘liq emas. Ukrainada ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan uchinchi zavod zenit tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashishi mumkin", — deya aniqlik kiritdi Papperger.
Rheinmetall rahbari, shuningdek, AQSh tomonidan Kiyevga ajratiladigan yordam noaniqlik kasb etayotgan bir paytda, konsern ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga tayyorligini ta’kidladi.