Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ukrainada saylovlar 2025 yil 26 oktyabrda bo‘lib o‘tadi — Petro Poroshenko

Ukrainada saylovlar 2025 yil 26 oktyabrda bo‘lib o‘tadi — Petro Poroshenko

Ukrainaning sobiq prezidenti bu haqda “Senzor” nashriga bergan intervyusida aytdi.

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, u bu ma’lumotni Prezident ofisidagi manbalardan, huquqni muhofaza qilish organlaridan hamda hozirda saylov byulletenlarini tayyorlash ustida ish olib borayotgan “Ukraina” bosmaxonasidan olgan.

"Manbalarimizga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi saylovchilar reestriga o‘zgartirishlar kiritishni boshlagan. Shuningdek, Adliya vazirligi Berlinda birinchi ofisini ochmoqda. Bunday harakatlar faqat saylovlarga tayyorgarlik uchun qilinishi mumkin", — deya aniqlik kiritdi Poroshenko.

"Konstitusiyaga ko‘ra, joriy yil oxirida parlament saylovlari o‘tkazilishi kerak. Aslida ular ikki yil oldin bo‘lishi lozim edi. Oktyabr oxirida esa mahalliy kengashlar uchun saylovlar o‘tkazilishi kerak. Hukumat barcha saylovlarni bir vaqtda o‘tkazish niyatida, lekin amerikaliklar bunga yo‘l qo‘ymayapti. Ular hozir hammasini shunday tashkil qilmoqdaki, hech qanday raqib bo‘lmasligi uchun o‘zlarini yana hokimiyatga tiqishtirishmoqchi. Bu esa demokratiyani, erkinlikni va saylovlarning shaffofligini buzmoqda. Chunki ular hokimiyatni tark etishdan qo‘rqmoqda", — deya qo‘shimcha qildi sobiq prezident.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Ukrainada saylovlarning bo‘lib o‘tishi Trampning “tinchlik rejasi” loyihasida ham tilga olingan edi. Ushbu rejaga ko‘ra, prezidentlik saylovi avgust oxirida, parlament va mahalliy kengash saylovlari esa 26 oktyabrda o‘tkazilishi kerak.

Kiritildi: 13:08 17.02.2025. O'qildi: 1528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!