Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Erondan alam oladigan vaqt keldi"

"Erondan alam oladigan vaqt keldi"

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Turg‘unboyev Eron bilan o‘yin oldidan jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, kayfiyat a’lo darajada. Oldinda Eronni yutib, alam oladigan vaqt keldi. Muxlislarga ajoyib g‘alaba taqdim qilmoqchimiz",- deydi Aziz Turg‘unboyev.

- O‘tgan o‘yinda gol urdingiz...

- O‘tgan o‘yin yaxshi bo‘ldi. Mashg‘ulotlarda ham gol urishga ko‘proq e’tibor qaratgandik. Maqsadimiz ko‘proq gol urib, finalga chiqish edi. Gol urdik, g‘alaba bilan barchani tabriklayman.

- "Paxtakor"ga kelganingizda chap qanot himoyachisi sifatida ham harakat qildingiz. Terma jamoada o‘ng qanotda o‘ynamoqdasiz. Balki Timur Kapadze sizni hujumga qo‘yar?

- "Paxtakor"da chapda to‘p tepganimni sababi bu qanotdagi futbolchida jarohat bor edi. Menga asosan hujumda yoki yarim himoyada o‘ynash qulay.

- Siz uchun qaysi taktika qulay, orqada 3 nafar himoyachi o‘ynaganimi yoki 4 nafar?

- Taktikani murabbiy tanlaydi, 4 talik yoki 3 talikda ham o‘yinimiz yaxshi chiqmoqda.

- Jaloliddin Masharipov yo‘q, terma jamoada kayfiyat uchun kim javobgar?

- Jaloliddin Masharipov mashg‘ulotdan tashqarida kelib kayfiyat ko‘tarib turibdi. Bu yerda Shomurodov, Fayzullayev bor. Hammada kayfiyat a’lo darajada, finalga tayyormiz.

- Eron bilan oxirgi o‘yinlarda ko‘p bor durang o‘ynamoqdamiz. Ertaga durang bo‘lsa, penaltilar seriyasi uchun reja tuzilganmi?

- Albatta, penaltilar seriyasi uchun rejamiz bor. Lekin ularni o‘yinda yengishga harakat qilamiz.

Kiritildi: 23:41 07.09.2025. O'qildi: 1528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!