Ukraina Oliy Radasi harbiy holat va mobilizasiyani 2025 yil 5 noyabrgacha, ya’ni yana uch oyga uzaytirdi.
Deputat Yaroslav Jeleznyakning Telegram-kanaliga ko‘ra, harbiy holatni uzaytirish tarafdorlari 320 nafar deputat bo‘lsa, faqat bir deputat — Aleksey Goncharenko qarshi chiqqan. 16 deputat ovoz bermay qolgan.
Mobilizasiyani uzaytirishga 304 deputat rozi bo‘ldi, Aleksey Goncharenko yana qarshi chiqdi, yana bir deputat — Georgiy Mazurashu esa ovoz bermay qo‘ydi.
Ukrainada harbiy holat va mobilizasiya 16-marta uzaytirilmoqda. Oldingi marotaba bu qaror 2025 yil aprelda qabul qilingan edi.
Harbiy holat davrida, saylovlar o‘tkazilishi taqiqlanadi. Masalan, 2024 yil mart oyida bo‘lishi kerak bo‘lgan prezident saylovlari o‘tkazilmadi. Rossiya hokimiyati buni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning legitimsizligi to‘g‘risidagi da’volarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatmoqda.