Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan keyin Ukraina va xalqaro kreditorlar to‘lovlarni 2024 yil 1 avgustgacha kechiktirish to‘g‘risida bitim tuzgan edilar.
Kiyev to‘lovlarni 60 foizga kamaytirishni taklif qilgan, biroq 20 milliard dollarlik obligasiyalarga ega bo‘lgan alohida investorlar guruhi bu taklifdan qoniqmadi, ular faqat 20 foizlik chegirmaga tayyor ekanliklarini bildirishgan.
Ukraina Moliya vaziri Sergey Marchenkoning aytishicha, Kiyev muzokaralarni davom ettiradi va 1 avgustgacha muvaffaqiyatli kelishuvga erishilishiga umid qiladi.