Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari dron tizimlari qo‘mondoni Robert Brovdining ma’lum qilishicha, 7 sentyabrga o‘tar kechasi Bryansk viloyatidagi "8-N" Naytopovichi liniyaviy-ishlab chiqarish dispetcherlik stansiyasiga zarba berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 avgust kuni ham Brovdi xuddi shu energetika ob’ektiga ikki dron bilan hujum qilingani haqida xabar bergan edi.
Ukraina Qurolli kuchlari "Drujba" neft quvuriga avval ham bir necha bor hujum uyushtirgan, buning oqibatida neft yetkazib berish qisqa muddatga to‘xtatilgan edi. Vengriya tashqi ishlar vaziri esa bunday hujumlardan birini "mamlakatimiz energetik xavfsizligiga zarba" deb atagandi.