Ukraina havo kuchlari Xmelniskiy viloyatida samolyot halokatga uchraganini tasdiqladi.
Bu Ukraina Harbiy-havo kuchlarining Telegram-kanalidagi bayonotida aytilgan.
"16 iyun kuni taxminan soat 19:00 da Ukraina havo kuchlarining 7-Petro Franko taktik aviasiya brigadasining Su-24M front chizig‘idagi bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Su-24M ekipaji - uchuvchi va shturman - Xmelniskiy viloyatida missiyani bajarayotgan edi. Afsuski, ikkala uchuvchi - mayor Bogdan Zagurlyuk va katta leytenant Bogdan Babenko - halok bo‘ldi", deyiladi bayonotda.
Qutqaruvchilar va huquqni muhofaza qilish organlari halokat joyida ishlamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q.
Avariya sababi tekshirilmoqda.