Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Xavfsizlik xizmati Kiyevda ukrain raketa texnologiyasini olib chiqmoqchi bo‘lgan ikki xitoylikni qo‘lga oldi

Ukraina Xavfsizlik xizmati Kiyevda ukrain raketa texnologiyasini olib chiqmoqchi bo‘lgan ikki xitoylikni qo‘lga oldi

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) Kiyevda ikki nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosini hibsga oldi. Ular Ukraina mudofaa kuchlarining «Neptun» raketa majmuasiga oid maxfiy hujjatlarni Xitoyga noqonuniy yo‘l bilan olib chiqishga urinayotganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda SBU rasmiy Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

SBU xabariga ko‘ra, ushlanganlardan biri — Kiyevdagi texnik oliygohlardan birida o‘qigan va 2023 yilda akademik qarzdorlik sababli o‘qishdan chiqarilgan 24 yoshli xitoylik sobiq talabadir. U oliygohdan haydalganiga qaramay, Kiyevda qolgan.

Ikkinchi gumonlanuvchi — uning otasi bo‘lib, u Xitoyda doimiy yashaydi, ammo Ukrainaga tez-tez kelib turib, o‘g‘lining agentlik faoliyatini shaxsan muvofiqlashtirib kelgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq talabadan «Neptun» raketalari ishlab chiqarilishiga oid texnik hujjatlarni topshirish talab qilingan. U bu maqsadda ukrain harbiy sohasida faoliyat yurituvchi shaxsni verbovka qilishga uringan.

Hozirda ikkala shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Ular 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va mulki musodara qilinishi mumkin.

SBU bu harakatni mamlakatning mudofaa salohiyati va davlat xavfsizligiga qarshi jiddiy tahdid sifatida baholamoqda.

Kiritildi: 17:07 09.07.2025. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!