Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina va yana 9 ta davlat "antiballistik koalisiya" tuzmoqchi

Ukraina va yana 9 ta davlat "antiballistik koalisiya" tuzmoqchi

​Germaniya, Ukraina, Daniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shvesiya va Buyuk Britaniya "kelajakdagi raketa tahdidlarining oldini olish va ularni qaytarish" maqsadida raketaga qarshi mudofaa koalisiyasini tuzishga kelishib oldi. Ushbu qaror o‘nta davlat va hukumat rahbarlari tomonidan Parijdagi yig‘ilishda qabul qilindi.

​"Mudofaa-sanoat bazamizni, tadqiqotlarimizni va operasion tajribamizni birlashtirgan holda, biz Yevropa uchun umumiy raketaga qarshi mudofaa salohiyatini yaratishga intilamiz", — deyiladi Yelisey saroyi saytidagi bayonotda.

​Tizim "jamoaviy sa’y-harakatlar, texnologik ochiqlik va ishonchli sanoat hamkorligi tufayli" ishlab chiqiladi, deb ta’kidlanadi press-relizda.

​Yangi tizim "mutlaqo mudofaa xususiyatiga ega" bo‘ladi hamda mavjud va xarid qilinishi rejalashtirilgan raketaga qarshi mudofaa tizimlarini to‘ldiradi, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, unda Moskva tomonidan boshlangan urush davomida olingan "Ukrainaning noyob tajribasi"ga urg‘u berilgan. Bunda tashabbus ishtirokchilari Yevropada ballistik raketalar tahdidi ortib borayotganiga ishora qilgan.

Kiritildi: 13:50 14.07.2026. O'qildi: 980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!