Axios nashrining xabar berishicha, Ukraina delegasiyasiga Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Budanov boshchilik qilmoqda.
Rossiya tomonidan esa Tashqi razvedka xizmati rahbari Narishkin va Bosh shtab bosh boshqarmasi boshlig‘i Kostyukov ishtirok etmoqda.
Nashrda qayd etilishicha, dastlabki uchrashuvning aniq kun tartibi oshkor qilinmagan, ikki mamlakat harbiy razvedkalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tashabbusining o‘zi esa amerikalik amaldorning to‘satdan tashrifi oqibati bo‘lgan.
Avvalroq, Ukraina AQShning yangi versiyadagi tinchlik rejasini qabul qilishga rozi bo‘lgani, biroq ayrim tafsilotlar hali kelishilishi kerakligi xabar qilingandi.