4 iyul kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida yana bir harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda birinchi bo‘lib Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi, keyinroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham almashinuvni tasdiqladi.
"Vatanimiz himoyachilari o‘z uylariga qaytdi! Ularning aksariyati 2022 yildan beri Rossiya asirligida edi", deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.
Bu iyun oyi boshida Istanbulda ikki davlat delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasidagi sakkizinchi harbiy asirlar almashinuvi bo‘ldi.
Tomonlar qancha mahbusni bir-biriga topshirgani haqida ma’lumot bermagan.