"Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa Kengashi bosh kotibi Alen Berse Ukrainaga qarshi tajovuz jinoyatlarini tergov qilish uchun Maxsus tribunal tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzoladi", deya xabar bermoqda nashr.
Rossiyaning tajovuz jinoyatini ko‘rib chiqish uchun maxsus tribunal tuzish bo‘yicha kelishuv Yevropa Kengashi binosida, Strasburgda imzolangan. Zelenskiy bu yerga Gaagadagi NATO sammitidan keyin kelgan.
Gazetaning tushuntirishicha, ushbu maxsus tribunal odatda shaxsiy daxlsizlik huquqi bilan himoyalangan davlat oliy rahbariyatiga nisbatan tergov o‘tkazish imkonini beradi. Bu holatda gap Rossiya rahbariyati haqida ketmoqda. Shu bilan birga, sud jarayonini boshlash va Rossiya rasmiylariga hukm chiqarish faqat ular o‘z lavozimlarini tark etgandan keyin amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.