Zelenskiy Ukraina va AQSh o‘rtasida Donbassdan ukrainalik harbiylarni olib chiqish masalasida kelishmovchiliklar borligini bildirdi.
"Qo‘shma Shtatlar, Rossiya va Ukrainaning o‘z qarashlari bor. Bizda Donbass masalasida yagona nuqtai nazar yo‘q", — dedi Ukraina prezidenti Bloomberg'ga bergan intervyusida.
Shuningdek, Ukraina yetakchisi, avvalo AQSh va boshqa ittifoqchilar bilan ishonchli xavfsizlik kafolatlariga doir alohida kelishuv tuzishni talab qilayotganini aytdi.
"Men va barcha ukrainaliklar javob olishni istaydigan bitta savol bor: agar Rossiya yana urush boshlasa, bizning hamkorlarimiz nima qiladi?", — dedi Zelenskiy.
Avvalroq Bloomberg agentligi Yevropa yetakchilari Zelenskiyni Qo‘shma Shtatlardan jiddiy xavfsizlik kafolatlari olmasdan Trampning tinchlik rejasiga rozi bo‘lmaslikka, shuningdek, Donbassdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqmaslikka ko‘ndirayotganini xabar qilgandi.