Ukraina strategik sanoat tarmoqlari vaziri German Smetanin Kiyev G‘arb hamkorlaridan muntazam ravishda so‘rab kelayotgan Patriot zenit-raketa majmuasining analogini yaratish loyihasini ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.
"Hozircha Ukraina hududida Patriot’ga o‘xshash havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjud emas, biroq mudofaa sanoatimizda tegishli loyiha bor va u ustida ish olib borilmoqda," - deb vazirning so‘zlarini "RBK-Ukraina" agentligi keltirmoqda.
Smetanin, shuningdek, Ukraina bunday qurilmalarni yaratishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan bir qator xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi.
"AQShning bu majmualarni birgalikda ishlab chiqaradigan hamkorlari bor. Biz allaqachon Patriot kabi o‘xshash tizimlarni ishlab chiqaruvchilar bilan Ukrainada ishlab chiqarishni qisman mahalliylashtirish masalasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdik. Bu yo‘nalishda ishlar faol olib borilmoqda," - deya u aniqlik kiritdi.
Vladimir Zelenskiy qurol-yarog‘ yetkazib berish masalalari bo‘yicha "Ramshtayn" aloqa guruhi yig‘ilishida so‘zga chiqib, havo hujumidan mudofaa tizimlari yetishmayotganini ma’lum qilgan edi. Keyinroq u videomurojaatida AQSh prezidenti Donald Trampdan qo‘shimcha qurilmalar so‘raganini takrorlab, Kiyev ularni shunchaki so‘rab olish emas, balki sotib olishga tayyor ekanligini ta’kidladi.