Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukraina o‘z qurol-yarog‘ini eksport qilishni boshladi — yangi va o‘ziga xos format

Ukraina o‘z qurol-yarog‘ini eksport qilishni boshladi — yangi va o‘ziga xos format

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qilishicha, mamlakat «Drone Deals» deb nomlangan maxsus kelishuv orqali qurol-yarog‘ eksportiga yo‘l ochmoqda.

🔻 Eksport tarkibida dronlar, raketalar, o‘q-dorilar, harbiy texnika va dasturiy ta’minotlar bo‘ladi.

🔻 Ukrain kompaniyalari xorijiy bozorlarga faqat Ukraina Qurolli kuchlari (VSU) barcha zarur ta’minot bilan ta’minlangandan keyin chiqish imkoniga ega bo‘ladi.

🔻 Ayrim qurol turlari bo‘yicha ishlab chiqarish quvvati talabdan taxminan 50% yuqori ekani qayd etilmoqda — bu davlat sarmoyalari va ittifoqchilar yordami natijasi.

🔻 Shuningdek, Rossiya bilan aloqalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan va texnologiyalar sizib chiqishi xavfi yuqori bo‘lgan davlatlarga qurol sotish taqiqlanadigan ro‘yxat ham tuziladi.

Kiritildi: 23:18 28.04.2026. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!