Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukraina urushida Rossiya tomonidan halok bo‘lgan harbiylar soni qariyb 500 mingga yetdi

Ukraina urushida Rossiya tomonidan halok bo‘lgan harbiylar soni qariyb 500 mingga yetdi

Rossiyaning Ukraina urushidagi jami yo‘qotishlari (o‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar) soni — 353 mingdan 504 ming nafargacha yetishi mumkin. Rossiya hududlari ichida Boshqirdiston va Tatariston eng ko‘p yo‘qotishga uchragan mintaqalar sifatida qayd etilmoqda. Bu haqda “BBC Rus xizmati” va “Mediazona” nashri jurnalistlari ochiq manbalar asosida o‘tkazilgan surishtiruv natijasiga ko‘ra ma’lum qildi.

Rossiya tarkibidagi avtonom respublika hisoblanuvchi Boshqirdistonda Ukrainadagi urushda halok bo‘lganlar soni 9500 nafardan oshdi, Tataristonda esa 8 mingdan ko‘proq. Mazkur ikki hudud bo‘yicha tasdiqlangan qurbonlarning umumiy soni 18 116 kishini tashkil etdi, bu Sovet Ittifoqining 10 yil davom etgan Afg‘oniston urushidagi jami yo‘qotishlaridan (rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 15 mingdan ortiq harbiy halok bo‘lgan) qariyb 20 foizga ko‘p.

Shuningdek, Rossiya armiyasi ofiserlar tarkibi ham sezilarli yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Bosqin boshlanganidan buyon 7143 nafar ofiserning halok bo‘lgani tasdiqlangan. Ular orasida 494 nafar podpolkovnik, 164 nafar polkovnik va 15 nafar general ham bor.

Ukraina urushida halok bo‘lgan 216 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi tasdiqlandi, ularning uchdan bir qismi ko‘ngillilardir.

Mutaxassislar ochiq manbalarga asoslangan hisob-kitoblar real yo‘qotishlarning faqat 45–65 foizini qamrab olishi mumkinligini aytmoqda. Shunga ko‘ra, Rossiya tomonining yo‘qotishlari aslida 353 mingdan 504 ming nafargacha bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 22:01 03.05.2026. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!