Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Rebrov o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda Ukraina futbol assosiasiyasi matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Kiyevning «Dinamo» va Londonning «Tottenxem» klublari sobiq hujumchisi milliy jamoani 2023 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida «sariq-ko‘klar» Yevro-2024 musobaqasiga yo‘llanma olishgan, biroq guruh bosqichidan o‘ta olishmagandi.

Ukraina terma jamoasining Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 musobaqasiga chiqa olmagani mutaxassis bilan xayrlashishga asosiy sabab bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, saralashning hal qiluvchi o‘tish bahsida Rebrov shogirdlari Shvesiya terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Hozircha Ukraina futbol assosiasiyasi yangi bosh murabbiy nomzodi borasida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!