Rostov-na-Donuda uchuvchisiz uchish apparatlarining hujumi natijasida 13 kishi jabrlandi.
Bu haqda Rostov viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
"Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda ikki yarador shahardagi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Shifokorlar ularning ahvolini og‘ir deb baholamoqda. Ayni paytda jarohat olgan yana 11 kishi shifoxonaga yetkazilmoqda. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar yangilanadi", — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchisiz samolyot hujumidan so‘ng Rostovda bir nechta turar-joy binolari shikastlangan.