Rossiya prezidenti matbuot kotibining boshqa bayonotlari:
— Kiyevning tijoriy infratuzilmaga zarba berishga urinishlari frontdagi vaziyat dinamikasiga ta’sir qilmayapti;
— Britaniya Kiyev tomonida urushda ishtirok etmoqda, muntazam ravishda mojaroga o‘t yog‘moqda va tinchlik jarayoniga to‘siqlar yaratmoqda;
— Kreml Londonning Kiyevga SCALP raketalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini berish rejalarini o‘ta salbiy baholamoqda;
— Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainada raketalar ishlab chiqariladigan joylarni aniqlash va ushbu ob’ektlarni yo‘q qilish choralarini ko‘rmoqda;
— Peskov Erevanga Turkiya va ariza topshirganidan keyin o‘nlab yillar davomida YEIga a’zo bo‘lishni kutayotgan boshqa davlatlar tajribasini eslatdi;
— Agar Armaniston tashkilotga a’zolikka ehtiyoj sezmasa, Yerevan KXSHTdan chiqish huquqiga ega.