Medinskiy Ukraina delegasiyasi bilan uchrashuv boshqa muddatga qoldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
"Rossiya va Ukraina delegasiyalarining Belovejskayadagi uchrashuvi keyinroqqa qoldirilgani haqidagi xabarlar ishonchsiz", dedi prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy.
«Boshqa joyga yoki ertasiga o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», - deya xabar beradi Belarusiyaning Belta agentligi.
Medinskiyning ta’kidlashicha, muzokaralarning ikkinchi bosqichi xuddi shu rejalashtirilgan joyda - Brest viloyati hududida bo‘lib o‘tadi. Jarayonning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 17:00 ga belgilangan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya delegasiyasi kelishuvning harbiy-texnik, xalqaro-gumanitar va siyosiy jihatlariga bag‘ishlangan uch qismdan iborat takliflar blokini tuzgan.