Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga, 15-16 aprel kunlari Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Qora dengizda xavfsizlik bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar rejalashtirilmaganini aytdi.
Bu haqda TSN boshlovchisi Alla Mazur ma’lum qildi.
"Andriy Sibiganing aytishicha, Anqaradagi uchrashuv rejalashtirilmagan", deb ta’kidladi jurnalist.
Avvalroq CNN Türk telekanali Turkiya Mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib, Rossiya va Ukraina vakillarining Qora dengizdagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha uchrashuvi 15-16 aprel kunlari Anqaradagi Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi qarorgohida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
Ayni vaqtda TRT Haberning xabar berishicha, yig‘ilishda ayrim xorijiy davlatlarning "harbiy vakillari" ham ishtirok etishi kerak edi.
Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish masalasi mart oyi o‘rtalarida AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilganidan beri muhokama qilinmoqda. Hozircha tomonlar biron bir aniq masala bo‘yicha kelishuvga erishmagan.