Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishning besh xil formatiga tayyor — Ukraina Tashqi ishlar vazirligi.
Kiyev tinchlikka erishishga tayyor va o‘z hamkorlari bilan birgalikda besh xil o‘t ochishni to‘xtatish formati ustida ishlamoqda. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Georgiy Tixiy ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, gap tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga avval tilga olgan beshta turli format haqida bormoqda. Bu Ukraina diplomatiyasi ishtirokidagi real hamda o‘zaro manfaatli yo‘nalishdir.
Ukraina quyidagi beshta yo‘nalish bo‘yicha ish olib bormoqda:
1. To‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish. Bu kelishuvga Ukraina 2025 yil mart oyidayoq rozi bo‘lgan. Ushbu kelishuv o‘z kuchida qolmoqda va Rossiyaning javob qarorini kutmoqda.
2. Qora dengiz formati. Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar Turkiya va Misr bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.
3. Qora dengizdagi oziq-ovqat xavfsizligi. Hindistonning faol ishtiroki bilan oziq-ovqat eksportini saqlab qolish va himoya qilish bo‘yicha qaror.
4. Hindiston vositachiligida energiya yo‘lagi. Energetika infratuzilmasi sektorida maxsus o‘t ochishni to‘xtatish, bu yo‘nalishda Hindiston tomoni faol ishlamoqda.
5. Energetika bo‘yicha AQSh yo‘nalishi. Ukraina prezidenti Zelenskiy va Donald Tramp muhokama qilgan AQSh ishtirokidagi energetika sulhi ustida ishlash.
"Qars ikki qo‘ldan chiqadi, shuning uchun Rossiya tomonining bu shartlarga roziligi zarur. Biz bu takliflar o‘zaro manfaatli va real ekaniga ishonamiz", — deya ta’kidladi Tixiy.