Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina Rossiya bilan sulhdan so‘ng muzokaraga o‘tishi mumkin

Ukraina Rossiya bilan sulhdan so‘ng muzokaraga o‘tishi mumkin

Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari telefon muloqotida Trampga, agar o‘t ochish to‘xtatilsa, Ukraina Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini aytishgan. Bu haqda Axios xabar berdi.

"Tramp Ukraina o‘t ochish rejimiga rioya qilishni bildirgani va Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga rozi bo‘layotganidan mamnun ko‘rinadi", — deydi 15 daqiqalik telefon suhbati tafsilotlaridan xabardor bo‘lgan manba.

Nashrning yozishicha, suhbat paytida Trampga, shuningdek, agar Putin 30 kunlik sulhga rozi bo‘lmasa, Yevropa davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilishi aytilgan.

"Endi Rossiyaning bunga qanday munosabat bildirishini kutyapmiz", – dedi nashr manbalaridan biri.

Kiritildi: 22:47 10.05.2025. O'qildi: 1025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!