Ukraina OAVlari manbalariga ko‘ra, SBU kechasi dronlar orqali Tatarstandagi «Kaleykino» neft nasos stansiyasiga zarba bergan. Hujum ortidan bir necha portlash sodir bo‘lgan va yirik yong‘in kelib chiqqan.
SBU manbasi bayonotiga ko‘ra, bunday maxsus operasiyalar Rossiya byudjetiga tushayotgan "neft daromadlarini kamaytirish"ga qaratilgan. Ularning ta’kidlashicha, bu urushni moliyalashtirish imkoniyatlarini zaiflashtirish strategiyasining bir qismi.
«Kaleykino» stansiyasi Ukraina chegarasidan taxminan 1200 km uzoqlikda joylashgan. U G‘arbiy Sibir va Povoljyedan keladigan neftni qabul qiladi, aralashtiradi va eksportga tayyorlaydi. Shuningdek, u «Drujba» neft quvuriga xomashyo uzatishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
SBU — Ukraina Xavfsizlik xizmati. To‘liq nomi: Slujba bezpeki Ukraїni.