Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukraina qo‘shinlari Avdeevkani tark etdi

A A A
 Ukraina qo‘shinlari Avdeevkani tark etdi

Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Donesk viloyatidagi Avdeevka aholi punktidan mamlakat qo‘shinlari olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.

"Avdeevka atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, qurshovga tushmaslik, harbiy xizmatchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash maqsadida men bo‘linmalarimizni shahardan olib chiqib, mudofaaga yanada qulayroq yo‘nalishlarda joylashtirishga qaror qildim", — deyiladi Sirskiyning bayonotida.

Ukrainaning "Tavriya" qurolli guruhi qo‘mondoni Aleksandr Tarnavskiyning so‘zlariga ko‘ra, shaxsiy tarkib allaqachon hududdan olib chiqilgan va harbiylar ma’lum bir chiziqda mudofaa pozisiyalarini egallagan.

Shunday qilib, Rossiya katta yo‘qotishlarga qaramay Ukraina Qurolli Kuchlarining 2014 yildan beri o‘zgarmagan mudofaa chizig‘ini egalladi.

Kiritildi: 11:28 17.02.2024. O'qildi: 2735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!