Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina qurolli kuchlarining Donesk markaziga bergan zarbasi natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar bor

A A A
Ukraina qurolli kuchlarining Donesk markaziga bergan zarbasi natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Donesk markazi bugun Ukraina harbiylari tomonidan ommaviy o‘qqa tutildi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.

Donesk meri Aleksey Kulemzinning so‘zlariga ko‘ra, shahar markazidagi bozor Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilganidan keyin halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor. Shuningdek, mahalliy televideniye otishma natijasida yo‘lovchi avtobusi vayron bo‘lganini xabar qilmoqda.

Manba xabariga ko‘ra, 22 sentyabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Donesk markazidagi yopiq bozorni ham o‘qqa tutgan. Aleksey Kulemzinning so‘zlariga ko‘ra, o‘q otish Kiyevga G‘arb davlatlari tomonidan yetkazib beriladigan 155 mm artilleriyadan amalga oshirilgan. Shuningdek, shahar ma’muriyati yaqinida o‘q-dorilar portlagani haqida ham ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 16:10 22.09.2022. O'qildi: 2839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!