Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukraina Qurolli Kuchlarining Bryansk viloyatiga bergan zarbasi oqibatida 13 kishi jarohatlandi

Ukraina Qurolli Kuchlarining Bryansk viloyatiga bergan zarbasi oqibatida 13 kishi jarohatlandi

Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomazning ma’lum qilishicha, 7 mayga o‘tar kechasi Ukraina harbiylari Bryansk shahriga zarba bergan. Hujum oqibatida ikkita ko‘p qavatli uy, 20 dan ortiq xonadon va 40 ta avtomobil shikastlangan.

Bejisa tumanidagi hujum natijasida 13 kishi jarohatlangan, ularning orasida bir nafar bola ham bor. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, Tver viloyatidagi Rjev shahri ham hujumga uchragan va bir nechta uylarga shikast yetgan.

TASS agentligining xabar berishicha, 350 kishi, jumladan 60 nafar bola evakuasiya qilingan.

Kiritildi: Bugun 13:07. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!