Ukraina Qurolli kuchlari yaqin haftalarda rejalashtirilgan qarshi hujumni keyinga qoldirdi, deb yozadi The Washington Post.
Sabablari orasida ob-havo sharoiti, texnikaning sekin yetkazib berilishi va o‘q-dorilarning yetishmasligi ham bor. Pentagonning maxfiy fayllari, jumladan, Ukraina qo‘shinlari va ularning imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarning sizdirilishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi.
Avvalroq CNN oshkor etilgan ma’lumotlarga tayanib: Vashington Kiyev mojaroga tezda barham bera olishiga ishonmaydi.