Astra nashri va Yexilenova+ OSINT kanali ma’lumotlariga ko‘ra, Penza yaqinidagi Mastinovka qishlog‘ida Ukraina dronlari hujumidan so‘ng Wildberries logistika markazida yong‘in chiqqan. Gubernator Oleg Melnichenko bir kishi jarohat olgani, 200 ga yaqin xodim evakuasiya qilingani va o‘t o‘chiruvchilar olov bilan kurashayotganini ma’lum qildi.
Wildberries zarbani tasdiqladi va Udmurtiyaning Sarapul shahridagi ombor ham hujumga uchraganini bildirdi. Uning xodimlari ham evakuasiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q.
"Logistika zanjirlari qayta ko‘rib chiqildi, yetkazib berishlarni qabul qilish va buyurtmalarni jo‘natish boshqa ob’ektlarda amalga oshirilmoqda", — deyiladi Wildberries matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, Supernova+, Exilenova+ va "Krimskiy veter" telegram-kanallari Krasnodar o‘lkasidagi Taman portiga qilingan hujum haqida xabar bermoqda. Yong‘inlar OTEKO guruhi tomonidan boshqariladigan yirik xususiy "Tamanneftegaz" neft terminali joylashgan hududda qayd etilgan.