Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina qurol sotib olishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganmi?

Ukraina qurol sotib olishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganmi?

Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko mamlakatda, jumladan, rasmiylar tomonidan qurol va o‘q-dorilar xarid qilishda korrupsiya holatlari borligini tan oldi.

Bloomberg agentligiga bergan intervyusida vazir jurnalistning Ukrainada, jumladan, Mudofaa vazirligi rasmiylari o‘rtasida hujjatlashtirilgan korrupsiya holatlari borligi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

"Biz qurol-yarog‘, o‘q-dorilar xarid qilish haqida gapiradigan bo‘lsak, ba’zi vazirliklar, ayrim korxonalar bilan bog‘liq muammolar ko‘p bo‘lishi mumkin, albatta... Bizga snaryad topishga yordam bermoqchi bo‘lgan vositachilar ko‘p, masalan... Shuning uchun ham o‘z ulushini oladiganlar, tadbirkorlar, vositachilar bor", — dedi u.

Shu bilan birga, Marchenko vazirliklarni va Ukraina aholisini ayblamasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:57 06.06.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!