Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina qo‘mondonligi mamlakat sharqidagi frontda vaziyat yomonlashgani haqida xabar berdi

Ukraina qo‘mondonligi mamlakat sharqidagi frontda vaziyat yomonlashgani haqida xabar berdi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy «so‘nggi kunlarda sharqiy frontdagi vaziyat sezilarli darajada yomonlashganini» aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlik kampaniyasidan so‘ng Rossiya armiyasi hujumkor harakatlarini «sezilarli darajada kuchaytirgan». Bunga javoban Ukraina Qurolli Kuchlari eng muammoli mudofaa zonalarini elektron urush va havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan mustahkamlamoqchi, dedi Sirskiy.

Bir necha kun oldin Ukraina harbiy rahbariyati Rossiya armiyasining doimiy o‘q uzishi ostida bo‘lgan Chasov Yar shahri atrofidagi «murakkab va tarang vaziyat» haqida xabar bergan edi. Chasov Yar o‘tgan yilning may oyida rus qo‘shinlari bosib olgan Baxmutdan 20 kilometr g‘arbda joylashgan.

«Dushman Liman va Baxmut sektorlaridagi pozisiyalarimizga zirhli texnikalar ko‘magida jangovar guruhlar bilan hujum qilmoqda», — dedi Sirskiy.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi hozirda yangi bo‘linmalar yordamida o‘z qo‘shinlarini kuchaytirmoqda, buning natijasida «vaqtinchalik taktik muvaffaqiyatlarga» erishmoqda. Sirskiyning fikricha, Ukraina G‘arbning aniq qurollaridan foydalanishni aniqlash orqali «dushman ustidan texnik ustunlikka erishishi» kerak.

Kiritildi: 17:28 13.04.2024. O'qildi: 1969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!