Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukraina Qrimga 14 ming tonna benzin olib ketayotgan Rossiya tankerlariga zarba berdi

Ukraina Qrimga 14 ming tonna benzin olib ketayotgan Rossiya tankerlariga zarba berdi

Bu haqda Ukraina uchuvchisiz tizimlar kuchlari qo‘mondoni Robert Madyar Brovdi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap Azov dengizi orqali annekciya qilingan Qrimga benzin olib ketayotgan “Kapitan Barmin” va “Sanar-4” kemalari haqida ketmoqda. Ularning har biri 7 ming tonnadan yonilg‘i tashigan.

Hujum Rossiya va annekciya qilingan Qrimdagi yonilg‘i inqirozi fonida sodir bo‘ldi. Putin 29 iyun kuni taqchillikni tan olgan va yarim orolda faqat bir necha kunlik yonilg‘i zaxirasi qolganini aytgan edi.

Iyun oyi oxiriga kelib, Rossiya nazorati ostidagi 88 ta hududda yonilg‘i tanqisligi, sotuv cheklovlari yoki yetkazib berishdagi uzilishlar qayd etildi. Rossiya o‘z ichki bozoridagi taqchillikni bartaraf etish uchun Qozog‘istondan qariyb 50 ming tonna Ai-92 markali benzin import qilmoqchi.

Kiritildi: 14:15 07.07.2026. O'qildi: 2796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!