Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina prezidenti Rossiya qo‘shinlari mamlakat hududiga ommaviy zarbalar berishda davom etayotganini ta’kidladi

 Ukraina prezidenti Rossiya qo‘shinlari mamlakat hududiga ommaviy zarbalar berishda davom etayotganini ta’kidladi

"Xarkov, Dnepr, Dobropolye, shuningdek, boshqa shahar va aholi punktlarimiz. Bu tun davomida Rossiya tomonidan 100 dan ortiq zarba beruvchi dronlar uchirildi. Haftaning boshidan beri esa 375 ta dron hujum qildi, shulardan 190 dan ortig‘i Shahed'lar", — dedi Zelenskiy.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Rossiyaga bosim o‘tkazish zarurligini va natija beradigan kuchli qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish kerakligini ta’kidladi.

"Bosim, oddiy so‘zlar yoki ishontirishga urinish emas, Rossiyani o‘t ochishni to‘xtatish va urushni tugatishga majbur qiladigan ko‘rinishda bo‘lishi kerak", — deya aniqlik kiritdi Zelenskiy.

Rossiya dronlari 30 aprelga o‘tar kechasi Ukrainaning Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga hujum uyushtirdi. Xarkovda dron hujumlari oqibatida kamida 45 kishi jarohat oldi. Dnepr shahrida esa bir kishi halok bo‘ldi.

Kiritildi: 15:15 30.04.2025. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!