Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukraina polisiyasi Lvovdagi teraktda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi

Ukraina polisiyasi Lvovdagi teraktda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi

Ukraina Milliy polisiyasining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan shaxs Roven viloyatida yashovchi 33 yoshli ayol bo‘lib, u Rossiya maxsus xizmatlari kuratorining ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilgan.

Polisiyaga ko‘ra, ayol qo‘lbola bombalar yasab, ularni chiqindi qutilariga joylagan. Huquq-tartibot idoralari hodisaga aloqador boshqa shaxslarni qidirishda davom etmoqda.

22 fevralga o‘tar kechasi Lvovda Danilishin ko‘chasidagi do‘kon yaqinida ma’lum vaqt oralig‘ida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda chaqiruvga kelgan 23 yoshli polisiyachi halok bo‘ldi, yana 25 kishi yaralandi.

Portlash oqibatlari aks etgan videoni "RBK-Ukraina" nashri e’lon qildi. Ukraina xavfsizlik xizmati hodisani terakt deb atadi.

Kiritildi: Bugun 16:57. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!